Naymansoy
Naymansoy — Farg’ona viloyatidagi soy. So’x soyining Sariqo’rg’on gidrotugunidan boshlanadi. Dastlab shimoliy-g’arbiy yo’nalishida 12-15 kilometr masofada adirlarni kesib o’tadi. 40 kilometrdan so’ng tarmoqlarga bo’linib ketadi uning O’rtaqo’rg’on, Kalamush, Qumbosti, Bekobod, To’rasoy, Shayxnazar kabi o’nlab tarmog’i bor. Soyda kuz va qishda suv kam bo’ladi, bahor va yoz paytlarida bu soyga ko’p suv tashlanadi. Naymansoy O’zbekiston va Dang’ara tumanlaridagi xo’jaliklar yerini suv bilan ta’minlaydi.