Neapol

Neapol, skiflar Neapoli (miloddan avvalgi 3-asr — milodiy 3-asr) — Qrimdagi skiflar davlati poytaxti. Hozirgi Simferopol shahri yaqinida xarobalari: istehkomlar, turar joylar va xo’jalik inshootlari, maqbara, tasvir tushirilgan tosh daxmalar va boshqalar saqlangan.