Neva jangi
Neva jangi — Knyaz Aleksandr Yaroslavich boshchiligidagi rus qo’shinlari tomonidan Birger Yarl qo’mondonligi ostidagi shved otryadini Neva daryosining bo’yida tor-mor qilinishi (1240.15.7). Mo’g’ullarning Rusga istilosi sharoitida rus-shved chegarasi xavfsizligini ta’minlagan. Sarkardalik mahorati va jasurligi uchun Knyaz Aleksandr “Nevskiy” deb atala boshlagan.