Nevroma

Nevroma (nevr.. va Yunoncha ota (lotincha) — o’sma) — nerv to’qimasidan rivojlanadigan xavfsiz o’smalarning umumiy nomi. Atrofidagi to’qimalardan ajralib turadigan bo’lakchali qattiq tugunlardan iborat. Ganglionevroma, nevrinoma, neyrofibramatoz va boshqalar kiradi. Ba’zan Nevroma xavfli xiliga o’tishi ham mumkin. Retroperitonial bo’shliq, ko’krak oralig’ining orqa qismi, bo’yin va buyrak usti bezida uchraydi. Xirurgik usulda davolanadi.