Nimaga inson yurganida va yugurganida qoʻllari harakatga keladi?
— Amerikalik mashhur genetik olim, biolog Stiven Kollinz biologik muhandislikning eng so’nggi usullaridan foydalangan holda, insonning yurishi juda murakkab jismoniy modelga ega ekanligini aniqlay oldi. Bu juda koʻpchilik olimlarning hayratiga sazovor boʻlgan hodisa edi.
— Yurish vaqtida qo’llar dinamik muvozanatni saqlovchi og’irliklar rolini o’ynaydi, bu esa odamning tik turgan holda harakatlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga, ma’lum bo’lishicha, qo’llarning ritmik harakati – harakatni osonlashtiradi va energiya sarfini 12% ga kamaytiradi.
— Atletlar ham eng avvalo qoʻllarni toʻgʻri harakatlantirib yugurishni oʻrganishadi. Agar insonda qoʻllar boʻlmaganida, yugurish boʻyicha qoʻyilgan rekordlar ham bu qadar boʻlmas edi!