Nirvana
Nirvana (sanskritcha ayni ma’nosi so’lish)-buddizm va jaynizmning asosiy tushunchasi. Inson intilishining oliy holatini, maqsadini ifodalaydi. Buddizmda Nirvana-inson dunyosining mukammalligi, orzu-istaklari, yashash hissi, qanoat, tarkidunyochilik kabi ruhiy holatlar. Buddizm taraqqiyoti jarayonida etik-psixologik Nirvana tushunchasiga uni mutlaq degan tasavvur ham qo’hildi. Jaynizmda Nirvana-materiya kishanidan, tug’ilish va o’lishga hech qanday aloqasi bo’lmagan tashvishlaridan ozod jonning mukammal holati.