Nitratlar
Nitratlar, metall nitratlari — nitrat kislota HNO3 tuzlari. Rangsiz kristallar; oddiy sharoitda barqaror. Yuqori temperaturada kislorod ajratib chiqarib parchalanadi. Nitratlar parchalanganida tarkibidagi metallning faolligiga qarab turlicha maqsulotlar hosil bo’ladi. Masalan, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning Nitratlari parchalanganida nitritlar hosil bo’ladi va kislorod ajralib chiqadi; og’ir metallarning Nitratlari parchalanganida metall oksidi, azot (1U)-oksid va kislorod hosil bo’ladi. Ammoniy nitrat NH4NO3, kaliy nitrat KNO3, kaltsiy nitrat Ca(NO3)2 selitralar deb ataladi. Nitratlar nitrat kislotani metallar, oksidlar, gidroksidlar va ba’zi tuzlarga ta’sir ettirib olinadi. Turli sanoat sohalarida, qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, bo’yoqchilikda tezob sifatida qo’llanadi. Nitratlar zaharli. Odam o’pkasida shish paydo qiladi, ko’ngilni behuzur qiladi, yo’taltiradi, o’tkir yurak-tomir yetishmovchiligi va boshqalarga sabab bo’ladi.