Nodir-yer elementlari, siyrak-yer elementlari
Nodir-yer elementlari, siyrak-yer elementlari —Mendeleyev davriy sistemasining 111 guruhida joylashgan kimyoviy elementlar: ittriy Y, lantan La va 14 ta lantanoidlar. Ba’zan skandiy Sc ni ham shu elementlar jumlasiga kiritiladi. Nodir-yer elementlari tabiatda o’zaro birga uchraydi, kimyoviy xossalari ham o’xshash. Kumush kabi oq, havo kislorodi ta’sirida oksid parda hosil qilganligi sababli qorayadi. 2 guruhchaga bo’linadi: tseriy guruhchasi (La, Ce, Pr, Nd, Sm, Eu) va ittriy guruhchasi (Y, Gd, Tb, Dy, Ho, Er,Tm, Yb, Lu).