No’yon, no’yonlar

No’yon, no’yonlar (mo’g’ulcha noyon, noyan, noyin — janob, Knyaz) — o’rta aerlarda Mo’g’ulistondagi oliy tabaqa vakillari. Dastlab (11-asr — 12-asrning 1-yarmi) qadimgi mo’g’ullarning aslzoda urug’ boshliqlarini anglatgan, so’ngra (12-asrning 2-yarmida) — cho’l zodagonlarini, urug’chilik tuzumi emirilib mulkdorlik munosabatlari shakllanayotgan davrda ajralib chiqqan aslzodalarni bildirgan. Chingizxon imperiyasi tashkil topgunga qadar No’yonlar o’zlariga taallukli qavmlarga boshchilik qilgan. Mo’g’ullar davlatipya (13-14-asrlar) No’yon — chingiziy shahzodalar, tumanboshilar, ming- boshilar, yuzboshilar, umuman barcha “oq suyaklar” (“Tsagan yasun”). No’yonlar aksariyat hollarda Sechan (chechan), bayan, batur kabi yuqori unvonlarga sazovor etilgan. Etnik tarqoqlik sharoitida (14-17-asrlar) No’yon — markazlashgan xon hokimiyatidan mustaqil bo’lgan mulk hokimlari; ular mustaqil tashqi siyosat yurgizib, o’zlariga qaram aratlarni ekspluatatsiya qilishga to’la huqukli bo’lganlar. 16-19-asrlarda, asosan, antroponimning komponentiga aylangan va kishi nomidan keyin kelgan. Manjurlar hukmronligi davrida (17— 20-asr boshi) No’yon — turli daraja va Rutbadagi hokimlar — siyosiy mustaqillikdan mahrum bo’lishgan, biroq o’zlarining mulkdorlik huquqlari va imtiyozlarini daxlsiz saqlab qolishgan. 1911 — 19 yillarda No’yon yana davlat hokimiyatiga ega bo’lishgan. Xalq inqilobining dastlabki yillaridayoq No’yon hokimiyatdan chetlatilib, barcha tabaqaviy imtiyozlardan maxrum etilganlar. 1940 yilga kelib Mo’g’ulistonda mulkdorlar sinf sifatida tugatilishi munosabati bilan No’yon tarix sahnasidan tushgan. Hamidulla Dadaboyev.