Nurlanish

Nurlanish — 1) erkin elektromagnit maydon hosil bo’lish jarayoni. Erkin, ya’ni nurlangan elektromagnit maydonning o’zi qam “Nurlanish” termini bilan ataladi; 2) radiodiapazondagi elektromagnit to’lqinlarning g’alayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda o’zgaruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit to’lqinlar energiyasiga aylanadi; 3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik ta’siri. Tirik organism kosmik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sun’iy nurlantiriladi. Nurlanishning Total (to’la), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik ta’siri Nurlanish dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bog’liq. Nurlanish dozalari — nurlarning biror muhitga ta’sirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muhitning massa birligiga yutiladigan Nurlanish energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a – va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va hokazolar)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — Nurlanish miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan o’lchanadigan miqdor, roentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik ta’sirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalenti)larda o’lchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm bo’yicha to’la yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda o’lchanadi. Vaqt birligidagi Nurlanish doza quvvati deyiladi. Ba’zi Nurlanish dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni o’rab olgan radioaktivlik)ning Nurlanish dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib keladigan Nurlanish dozasi — 400 -500 ber; terapiyada qo’llaniladigan Nurlanish dozasi 10000 ber gacha.