Nurmetov Sotim
Nurmetov Sotim (1924.15.6, Xiva — 1994.4.8, Urganch) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. 1943 yildan armiya safida. 51-alohida gvardiyani sapyorlar bataloni (Z-Belorussiya fronti 43-armiyaning 13-gvardiyachi o’qchi korpusi)ning bo’linma komandiri. Kenigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahri uchun olib borilgan janglarda (1945 yil 7 aprel) jasorat ko’rsatgan. 1945 yil 19 aprel Qahramon unvonini olgan. Urushdan so’ng Urganch shahrida xo’jalik ishlarida mehnat qilgan.