Obraztsova Yelena Vasilevna
Obraztsova Yelena Vasilevna (1939.7.7, Sankt-Peterburg) — rus xonandasi (messo-soprano). Xalq artisti (1976). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1964). To’laqonli va kuchli ovoz, yuksak vokal hamda dramatic mahorat sohibasi. 1964 yildan katta teatrning yetakchi yakkaxon xonandasi. Opera sahnasida Marfa (“Xovanshchina”, M. Musorgskiy), Lyubasha (“Shoh qaylig’i”, N. Rimskiy-Korsakov), Karmen (“Karmen”, J. Bize), Eboli, Azuchena (“don Karlos”, “Trubadur”, J. Verdi) kabi bosh partiyalarni ijro etgan. Kontsert repertuaridan kamervokal asarlari keng o’rin olgan. Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. P. Chaykovskiy nomidagi (Moskva, 1970), F. Vinyas nomidagi (Barselona, 1970) va boshqa xalqaro tanlovlar golibi. Glinka nomidagi Rossiya Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1973).