Odoakr

Odoakr (Odoacer) (taxminan 431 — 493.15.3) — G’arbiy Rim imperiyasi imperatori armiyasidagi yollanma german otryadlaridan birining rahbari. Germanlarning skirlar qabilasidan. 476 yil 22 yoki 23 avgustda G’arbiy Rim imperiyasining so’nggi imperatori Romul avgustulni taxtdan ag’dargan, o’zini Italiya hokimi deb e’lon qilgan. 493 yil Odoakr davlati ostgotlar tomonidan zabt etilgan, Odoakr esa o’ldirilgan.