O’LCHAM

O’LCHAM — narsaning katta-kichikligi va hajmini ifodalaydigan raqam. Chiziqli, hajmiy, burchakli, ichki, tashqi va boshqalar turlarga bo’linadi. Narsalarning vazni (massasi) ga doir raqamlar o’lchovlar (masalan, og’irlik o’lchovi) deb ataladi. Chiziqli O’lcham narsaning uzunligi, eni, qalinligini bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan o’lchanadi. Hajmiy O’lcham narsaning hajmini bildiradi. Asosan, mm3, sm3, dm3, m3 va l (litr) bilan o’lchanadi. Burchakli O’lcham (to’g’ri, o’tkir va o’tmas) burchaklarning katta-kichikligini bildiradi. Gradus bilan o’lchanadi (G = 60′ = 3600″; bu yerda ‘ — burchak minutlari, ” — burchak sekundlari). Ichki va tashqi O’.lar narsa (mas, quvur) ning ichki diametrini (katta-kichikligini) bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan o’lchanadi.