O’LIK MUZ

O’LIK MUZ — harakati to’xtagan muzlik qoldiqlari. Harakati faol muzliklarning chekka qismida bo’lib, ko’pincha ular bilan chegarasi aniq bo’lmaydi. O’lik muzning qalinligi bir necha o’n metrgacha yetishi mumkin. Tog’larda O’lik muzlar odatda, morena yotqiziqlarining qalin qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Shu sababli ularning erishi sekinlik bilan sodir bo’lib, uzoq vaqt saqlanib turadi. O’lik muzning notekis erishi o’rqirli relefning shakllanishiga olib keladi. O’lik muzning kata bo’laklari, ulkan hajmdagi muzning tez pastga surilishi va morenalarning og’irligi sababli o’z harakatini to’xtatishi hamda asosiy muzlik bilan aloqasini yo’qotishi oqibatida hosil bo’ladi. O’lik muzning juda yirik massalari pleystosen muzlik qoplamlarining degradatsiyasi natijasida paydo bo’lgan.