OLIY MA’LUMOT HAQIDA DAVLAT HUJJATI (DIPLOM)

OLIY MA’LUMOT HAQIDA DAVLAT HUJJATI (DIPLOM) – akkreditatsiyadan o’tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning o’quv rejalari va fanlar dasturini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.