Omin

Omin (Arab., somiycha) — Islom, yahudiy va xristian dinlarida dindorlar o’rtasida “qabul etsin”, “ijobat bo’lsin” ma’nosida ishlatiladigan so’z. Qur’oni Karimdagi Fotiha surasi tilovat qilib bo’lingach, o’qigan va eshitganlar “Omin”deb qo’yish lozimligi haqida hadisda aytilgan.