Onon
Onon — Mongoliya va Rossiya Federatsiyasining Chita viloyatidagi daryo. Onon Ingoda daryosi bilan qo’shilgach, Shilka daryosi hosil bo’ladi. Uzunligi 1032 kilometr, havzasining maydoni 96,2 ming km2. Xetney tog’ligidan boshlanadi. Asosan, qordan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi etagida 191 m3/sek. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: o’ngda — Xuraxgol, Borzya, unda, chapda — Agusa, kira, Aga. Suvi sug’orishga sarf bo’ladi va sanoatni ta’minlaydi.