Optik o’q, linzaning optik o’qi

Optik o’q, linzaning optik o’qi — linzaning nur sindirish sirtlari simmetriyasi o’qi (to’g’ri chizig’i); sirt markazidan unga tik holda o’tadi. Optik tizimga kiradigan barcha linzalarning umumiy simmetriya o’qi optik tizimning Optik o’qi hisoblanadi.