“Oq terakmi, ko’k terak?”

“Oq terakmi, ko’k terak?” – bolalar o’yini. Bu o’yinda ishtirokchilar bo’yi, kuchi va chaqqonligiga qarab teng 2 jamoaga bo’linib (har jamoada 10 dan 20 tagacha bola qatnashadi), 15— 20 metr oraliqdagi masofada qo’l ushlashib saflanib turadilar. Birinchi jamoa sardori 2-jamoadan birining otini aytib chaqiradi: Oq terakmi, ko’k terak! Bizdan sizga kim kerak? Sizdan bizga, “falonchi” kerak. Shundan so’ng o’sha chaqirilgan bola yugurib kelib, raqib jamoa a’zolarining qo’l ushlashib turgan yerini ko’kragi bilan uzishga urinadi. Agar qo’llar ushlangan joyidan uzilib ketsa, raqib tomondagi bolalardan xohlaganini o’z jamoasiga olib ketadi, uzolmasa, o’zi o’sha jamoada qoladi. O’yin shu tariqa navbat bilan davom etadi. Qaysi jamoada o’yinchilar qolmasa, o’sha jamoa yutqazgan bo’ladi.