Oqbaytal dovoni
Oqbaytal dovoni – Sharqiy Pomirdagi dovon. Tojikiston Respublikasida. Balandligi 4665 metr. Sariko’l va Muzko’l tizmalarini bir-biriga tutashtiradigan va Muzko’l (krrako’l havzasi) daryosi bilan Janubiy Oqbaytal (Oqsuv-Murg’ob havzasi) daryosining yuqori qismlarini ajratib turadigan suvayirg’ichda joylashgan. Oqbaytal orqali O’sh — Xorug’avtomobil trakti o’tadi.