Oqqovoq GESlari
Oqqovoq GESlari – O’zbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stantsiyalari. Toshkent viloyatidagi Chirchiq-Bo’zsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941 yil noyabrda qurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega bo’lgan 1-navbati 1943 yil 7 martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946 yil iyulda qurila boshlanib, 1951 yil iyulda tugallangan. GESda yiliga o’rta hisobda 170 million kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi. “O’zbekenergiya” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining “Chirchiq GESlar kaskadi” sho”ba korxonasi tarkibida. 2-GES 4 kilometr quyiroqda, 1943-46 yillarda qurilgan. GES tuproq-to’g’on, uzunligi 2833 metr bo’lgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stantsiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasvdan iborat. Stantsiya binosida umumiy quvvati 9 ming kvtli 2 ta agregat o’rnatilgan. GESda yiliga o’rtacha 65 million kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, “Qodriya GESlar kaskadi” sho’ba korxonasi tarkibiga kiradi. Elektr stantsiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.