Oranjereya

Oranjereya (Fransuzcha orange — apelsin) — muayyan joy iqlimining ochiq havosida rivojlana olmaydigan o’simliklarni o’stirish va saqlash uchun mo’ljallangan oynavand bino, unda zarur namlik, harorat va yorug’lik sharoiti yaratiladi. O’zbekiston sharoitida ko’chatlar, tsitrus, rezavor mevali o’simliklar, gullar va boshqalarni qishda o’stirish uchun ham, ko’pincha, Oranjereyadan foydalaniladi.