ORIENTALIZM

ORIENTALIZM (lotincha opepk -Sharq) —Yevropa san’atida shakl topgan badiiy usul, ijodiy tamoyil; Sharq xalqlari madaniyatiga xos mavzu va obrazlarga murojaat etishi, shuningdek. Sharq san’ati ifodaviy vositalari, badiiy shakllarining qo’llanishi bilan belgilanadi. kelib chiqishi Yunoniston (miloddan avvalgi 8— 7-asrlar), qadimgi Rim (milodiy 1-asr, “misrlashgan 3-uslub”, Pompeyadagi “orfey uyi” va boshqalar) san’ati bilan bog’liq. O’rta asr davrida o.ning jihatlari Kurtuba xalifaligi (masalan, 8-10-asrlarda qurilgan va ‘keyinchalik cherkovga aylantirilgan Kordova katta masjidi), Granada (13-14-asrlarda bunyod etilgan al-humro saroyi va boshqalar) me’morligida taqasimon ravoqlar, o’ziga xos dekorativ va jimjimador panjaralar orqali namoyon bo’lgan. Keyinchalik ham Ispaniyaning Jan.da sharqona uslub “Mudexar” nomi bilan davom etdi (15-asrga mansub Saragossa viloyati Utevodagi cherkov qo’ng’iroqxonasi — “Ko’zgular minorasi” va boshqalar). Frantsiya me’morligida Orientalizm Napoleon davri (ampir uslubi)da ham namoyon bo’lgan. Bezaklar qatorida Sfinks tasvirlari va mayda naqshlar (“arabeska”) qo’llangan. Bular Luvr, Fonteblo, Malmezon saroylarini ‘qayta qurishgan Pers’e (Pers’e) va fonten ijodlarida yaqqol seziladi. Rossiya me’morligidagi Orientalizmga 18-asr oxirida Chor selosi (Tsarskoe selo) ning Xitoy qishlog’ida bunyod etilgan imoratlar misol bo’la oladi. Tasviriy san’atda K.Matiss yapon miniatyurasi (“baliqlar”, “Yapon vazasi bo’lgan natyurmort” va boshqalar), P.Gogen Okeaniya xalqlari amaliy bezak san’ati (“Qirol xotini”, “Taiti pastorallari” va boshqalar), P.Pikasso negrlar niqoblari (“Yelpig’ichli ayol”, “3 musiqachi”) dan ilhomlanib asarlar yaratishgan. O’zbekistonda Orientalizm 19-asr 2-yarmi — 20- asr boshida yevropalik me’morlar ijodida yaqqol ko’rinadi (Toshkentdagi Romanov saroyi, \ozirda buzilib ketgan “Xiva” kinoteatri, Kogondagi va Sherbudundagi Amir saroylari, Xivadagi aloqa bo’limi va kasalxona). Toshkentdagi A.Polovtsevning uyi (hozirgi Amaliy san’at muzeyi) asosan xalq me’morligi an’analarida barpo etilgan bo’lib, unda Yevropa jihozlari (chunonchi, pech) ham o’zbek an’anaviy naqshlari bilan bezatilgan. 20-asrning 30-70 yillarida ham O’zbekiston me’morlari Orientalizm an’analaridan foydalanishgan (Toshkentdagi Fanlar Akademiyasi binosi va boshqalar). Ayrim binolarda milliy shakllarga keng o’rin berildi (Moskvadagi qishloq xo’jalik ko’rgazmasining O’zbekiston paviloni va boshqalar). Musiqada Orientalizmning misollari G.Pyorsell (Angliya), F.Ramo (Frantsiya) kabi kompozitorlarning umumsharqona asarlari, Vena klassik maktabi namoyandalariga xos “turkcha” namunalarida yuzaga kelgan. Tom ma’nodagi badiiy etuk namunalarini 19-asrdan boshlab Frantsiya (F.David, J.Bize, K. Sen-Sans va boshqalar), Rossiya (“Qudratli to’da” vakillari), 20-asrda Polsha (K.Shimanovskiy), Avstriya (T.Maler, Kshyonberg), Frantsiya (M.Ravel, O.Messian) kompozitorlari yaratishgan. Ba’zan ayrim kompozitor (N.Rimskiykorsakov, Sraxmaninov va boshqalar) larning bu boradagi izlanishlari to’laqonli sharqona asarlar yaratishga olib kelgan. Bu esa Sharq (xususan, O’zbekiston)da kompozitorlik maktabi shakllanishga ijodiy ibrat vazifasini o’tagan. Ne’mat Abdullayev, Xayrulla Po’latov, To’xtasin G’afurbekov.