O’RTA DENGIZ GEOSINKLINAL MINTAQASI

O’RTA DENGIZ GEOSINKLINAL MINTAQASI — yerning asosiy harakatchan zonalaridan biri bo’lib, kechki tokembriy va fanerozoy mobaynida rivojlangan. Mintaqa umumiy keng yo’nalish bo’ylab cho’zilib, Atlantika okeanidan tinch okeangacha: Markaziy va Janubiy Yevropani, shimoliy va G’arbiy Afrika (Mag’rib), O’rta dengiz, Kavkaz, Osiyo g’arbi, Pomir, Tibet, Himolay, Hindixitoy yarim oroli va Indoneziyani qamrab olib, shu yerda tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan tutashgan. O’rta va Markaziy Osiyoda O’rta dengiz geosinklinal mintaqasi Uraloxota mintaqasi bilan, Britaniya orollari rayonida shimoliy Atlantika mintaqasi bilan deyarli yondashgan. Etap o’rtacha masshtabdagi burmalanish, metamorfizm va granit hosil bo’lishi bilan yakunlangan. Paleozoy va mezozoy yakunlarida O’rta dengiz geosinklinal mintaqasi o’rnida juda katta Tetis okeani paydo bo’lgan.