Osheyko Anatoliy Kuzmich

Osheyko Anatoliy Kuzmich (1913.14.1, uzoq Sharq o’lkasidagi Lipovsi shahri -1987.2.11, Toshkent) — grafik rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1974). Vladivostok shahridagi badiiy maktabda o’qigan (1928-30). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Turkiston harbiy okrugi siyosiy ishlar bosh boshqarmasida rassom (1946-49), “O’zbekiston xotin-qizlari” jurnalida badiiy muharrir (1947— 60), O’zbekiston davlat nashriyotida bosh rassom (1960-87). Osheyko ijodida kitob bezagi va grafika yetakchi o’rinni egallaydi. “Yosh O’zbekiston”, “O’zbek xalq she’riyati”, “Oltin qishloq” (M. Mirshakar), “shu’la” (M. Shayxzoda) va boshqalar. Kitoblar bezagida o’zbek xalq amaliy bezak san’ati an’analaridan ijodiy foydalangan. Linogravyuralari (“Quyosh botishi. Samarqand”, “Qirov”, “Qish. Anhor”, “katta energiya” va boshqalar)da keskin ranglardan mohirona foydalanib, manzara, holatlar ifodaliligi va ta’sirchanligiga erishgan.