Oshogbo
Oshogbo — Nigeriyaning Janubiy- garbiy qismidagi shahar, Oshun daryosi bo’yida. Aholisi 650 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Kakao, moyli palma mevasi, paxta, tamaki yetishtiriladigan qishloq xo’jalik rayonining yirik markazi. Tamaki va paxta tozalash korxonalari bor. Shaharga 17-asrda asos solingan.