O’T KISLOTALAR

O’T KISLOTALAR — steroid monokarbon va xolat kislota mahsuli. Odam va hayvonlarning jigar hujayralarida ishlanib, o’t bilan birga o’n ikki barmoq ichakka quyiladi. Odam o’ti tarkibida, asosan, xolat kislota, oz miqdorda dezoksixolat, litoxolat va xenodezoksixolat kislotalari bo’ladi. O’t kislotalar ichaklarda yog’hazm bo’lishini ta’minlaydi. Yog’larni emulsiya holiga keltiradi, ichak lipazasini (me’da osti bezi va ichak bezlarida ishlanadigan fermentni) faollashtiradi, yog’kislotalarning so’rilishiga yordam beradi, ichak peristaltikasini oshiradi. O’t kislotalarning umumiy miqdori qonda o’rtacha 0,8 mg%, jigar o’tida — 0,9— 1,8%, o’t pufagi o’tida — 5,7 — 10,8%. Qonda O’t kislotalar ko’payib ketganda, siydik bilan chiqib ketadi, kamayishi esa qator o’zgarishlarga, jumladan, o’t toshi hosil bo’lishi va boshqalarga sabab bo’ladi.