O’T O’CHIRISH TEXNIKASI
O’T O’CHIRISH TEXNIKASI — odamlar, binolar va tabiat boyliklarini yong’indan saqlash uchun ishlatiladigan maxsus texnika uskunalari: o’t o’chirish mashinalari, poyezdlar, kemalar, samolyotlar va vertolyotlar, o’t o’chirish vositalaridan iborat. Yong’in signalizatsiyasi vositalari, o’t o’chirgichlar, o’t o’chirish gidrantlari va boshqalar o’t o’chirish jihozlari ham O’t o’chirish texnikasiga kiradi. O’t o’chirish texnikasi yaratishga urinish tarixi juda qadimgi davrga borib taqaladi. Miloddan avvalgi yunon mexanik-ixtirochisi Ktesibiy “suvni yuqoriga irg’ita oladigan” mashinani loyihalagan, lekin amalda uncha qo’llanilmagan. 16-asrga kelib nemis ixtirochisi Anton Platner suv oqimini 6-8 metrgacha yetkaza oladigan dastaki o’t o’chirish nasosini yaratdi. Bug’ mashinasi ixtiro qilinganidan so’ng (1829) nasosni bug’harakatga keltiradigan o’t o’chirish qurilmasi yaratildi. Uni yong’in chiqqan joyga ot sudrab borgan. Keyinchalik (19-asr oxirida) ichki yonuv dvigatelni o’t o’chirish mashinasi paydo bo’ldi. O’t o’chirish nasosi, narvoni va suv tsisternasini ham o’z ichiga olgan o’t o’chirish mashinasi 20-asr boshida Germaniyada, keyinroq Rossiyada ishlab chiqarila boshladi. Bunday o’t o’chirish mashinalari takomillashtira borildi. O’t o’chirish avtosisternalari, avtonasoslar, nasos stansiyalari, maxsus xizmat avtomobillari, suvko’pik sepish apparatlari va boshqalar o’t o’chirish vositalari yaratilib, sanoat miqyosida ko’plab ishlab chiqarila boshladi. Portlar, neft idishlari saqlanaditan omborlar, temir yo’l uzellari, dengiz neft konlari, o’rmonlar va torf qazish korxonalarida o’t o’chirish uchun mo’ljallangan texnika yaratildi. O’t o’chirish mashinalari, asosiy, maxsus va yordamchi turlarga bo’linadi. Asosiylariga avtosisternalar, nasos-shlangli va avtonasoslar, nasos stansiyalari, gazsuvli, havoko’pikli va kukunli, aerodromda ishlatiladigan o’t o’chirish mashinalari kiradi. Ularning asosiy vazifasi o’t o’chirish vositalarini yong’in chiqqan joyga yetkazishdir. Maxsuslarga texnik xizmat ko’rsatish, aloqa o’rnatish, taxlama avtonarvon va boshqalar mashinalar kiradi. Texnik xizmat ko’rsatuvchi mashina o’t tushgan joyga muhim uskunalarni olib borish; binoni buzish va qulagan qismlarini ajratish, devor va ora yopmalarni teshish ishlarini bajaradi; shikastlangan kishilarni tashish uchun xizmat qiladi. Yordamchi mashinalar kuchli yong’in bo’lganda o’t o’chirish texnikasining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Ulardan yong’inga qarshi tashviqot ishlari olib borishda ham foydalaniladi. Barcha o’t o’chirish mashinalari qizil rangga bo’yaladi va “sirena” tovush signali bilan jihozlanadi. O’t o’chirish texnikasining eng keng tarqalgani dastaki o’t o’chirgichdir. U to’xtatishchiqarish qurilmasi va o’t o’chirish moddasining oqimini hosil qiluvchi uchligi bo’lgan 1 — 100 dm’ sig’imli tsilindrik idishdan iborat. Bular ishxonalar, mashinalar va hatto xonadonlarda doimiy saqlanishi kerak. Keng ko’lamdagi yong’inni (masalan, o’rmonlar, torfzorlardagi yong’inni) o’chirish uchun samolyot va vertolyotlardan, dengizga to’kilgan neft bilan bog’liq yong’inni o’chirish uchun kemalardan foydalaniladi. O’t o’chirish moddalari sifatida uglerod (1U) oksid, kimyoviy va havo mexanik ko’piklar, galloidlashgan uglevodorodlar (etil bromid, freon), kukun, suv ishlatiladi. Uglerod (1U) oksid o’t o’chirgich ichida suyuq holatda bo’lib, u diffuzor shaklidagi uchlikdan otilib chiqayotganda gaz va qattiq (qor shaklida) holatda aylanadi. Kimyoviy ko’pik o’t o’chirgich ichida uchlikka kirish oldidan ishqoriy (№NS03 asosida) va kislotali (N2804 asosida) eritmalarning o’zaro reaktsiyaga kirishishi natijasida hosil bo’ladi. Ko’pik hajmining eritma hajmiga nisbati 4-6 bo’ladi. Gaz- neft fontanlardagi yong’inni o’chirishda turboreaktiv dvigatelidan ishlaydigan (gaz va suv bug’i aralashmasi bilan o’chiradigan) qurilmalar qo’llaniladi. Aerodrom, neftni qayta ishlash korxonalari, kimyo sanoatida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida galloidlashgan uglevodorodlar, inert gazlar, kukunlar, ko’pik tarkibli o’t o’chirgichlar asosida ishlatiladigan o’t o’chirish qurilmalari ishlatiladi.