Ot o’yin
Ot o’yin — tsirk san’atining qadimgi turi. Ot o’yin harbiy mashqlar, chavandozlarning xalq o’yinlari, musobaqalari (“chovgan”, “qiz quvish”, ag’darish”, poyga va hokazolar) dan kelib chiqqan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida o’zbek tsirki tarixiga Rahmonovlar, Xo’jayevlar, Zarifovlar sulolasi kirib keldi. Ular repertuaridan 1 tadan 6 tagacha ot o’ynatish, egarlangan va egarsiz ot ustida yakka yoki ko’pchilik bo’lib raqsga tushish, jonglyorlik, muallaqchilik, turli murakkab mashqlar tomoshalari o’rin olgan. Hozirgi Zarifovlar sulolasi Ot o’yini jahon arenalarida katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilmoqda.