Otamurod matriza qushbegi masjidi
Otamurod matriza qushbegi masjidi — Xivadagi me’moriy yodgorlik (1800). Xon qushbegisi Otamurod Matriza qurdirgan. Masjid xonaqoh, o’ng va ters ayvon hamda 2 qo’shimcha xonadan iborat. Binoga Sharqiy tarzdagi peshtoqorqali kiriladi. Kiraverishda 3 gumbazli xona va kichik minora bor. Xonaning shimoliy-Sharqiy burchagini miyonsaroy va 2 qo’shimcha xona egallagan. Janubdagi ters ayvondan hovliga chiqiladi. Uning qarshisidagi o’ng ayvon 6 ustunli, markazidagi mehrob muqarnas naqshlar bilan bezatilgan. Orqasidagi xonaqoh tomi tekis to’sinlar bilan yopilgan. To’sinlar 4 ustunga tayangan. Masjid Xorazm turar joylariga xos uslubda qurilgan. Ustunlari oddiy, poyustunlari Marmardan, xonaqoh va ayvon devorlariga namoyonlar ishlangan.