O’TKAZUVCHANLIK

O’TKAZUVCHANLIK 1) elektr o’tkazuvchanlik — jismning elektr maydoni ta’sirida elektr tokipi o’tkazish xususiyati. O’lchov birligi 1/Om. Elektr tokini o’tkazadygan jismlar o’tkazgichlar deyiladi. Ularda hamisha erkin zaryadlar — elektronlar, ionlar mavjud bo’ladi. Ularning tartibli harakati elektr tokini hosil qiladi. Ko’pgina o’tkazgich (metall, yarimo’tkazgich, plazma)larning elektr O’tkazuvchanlikgi elektronlarning harakatiga asoslangan. Uzunligi 1 metr va ko’ndalang kesim yuzi 1 mm2 bo’lgan o’tkazgichning qarshiligi metallarning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi deyiladi. Metallning issiqlik O’tkazuvchanlikgi bilan elektr O’tkazuvchanligi orasida to’g’ri mutanosib (proportsional) bog’lanish mavjud, ya’ni uncha past bo’lmagan temperaturada sof metallar uchun elektr O’tkazuvchanlik koeffisientining issiklik O’tkazuvchanlik koeffisientiga nisbati o’zgarmas kattalikdir. Yarimo’tkazgichlarda elektron va kovak O’tkazuvchanlik mavjud. Erkin elektronlar tufayli hosil bo’ladigan O’tkazuvchanlikga elektron O’tkazuvchanlik., ko’chgan elektronning bo’sh qolgan o’rni kovak, kovaklar siljishi esa kovak O’tkazuvchanlik, deyiladi. Kovak musbat zaryadli. Kovaklar harakatining yo’nalishi elektronlar harakatiga qarama-qarshidir. temperatura ko’tarilishi bilan metallarda elektr O’tkazuvchanlik kamayadi, elektrolit va yarimo’tkazgichlarda esa ko’payadi. O’tkazgichlar temperaturasi ma’lum kritik temperatura (tk) dan pasayganida ularning elektr o’tkazish qarshiligi nolgacha pasayish xossasi o’ta o’kazuvchanlik deyiladi. O’tkazgichlarning normal holatdan o’ta O’tkazuvchanlik holatiga o’tish chegarasi bilan bog’liq bo’lgan sirt energiyaga ega. Bu energiyaning musbat yoki manfiy bo’lishiga qarab, o’ta o’tkazgichlar 1 va 2 turga bo’linadi. Niobiy, vanadiy va texnisiy kabi metallar 2 tur, qolgan metallar 1 tur o’ta o’tkazgichlarga kiradi; 2) issiqlik o’tkazuvchanlik — temperatura ta’sirida modda zarralarining issiqlik harakati tufayli issiqlikning uzatilishi. Suyuqlik issiqlikni metallga nisbatan yomon, gazga nisbatan esa yaxshiroq o’tkazadi. temperatura orta borishi bilan metall va gazlarning issiqlik O’tkazuvchanligi orta boradi, suyuqliklarniki esa kamaya boradi. Ichki va tashqi issiqlik O’tkazuvchanligi mavjud. Agar vaqt o’tishi bilan temperatura o’zgarmasa, ichki issiqlik O’tkazuvchanlik ro’y beradi, tashqi O’tkazuvchanlik esa ikki muhit — metall va gaz oqimi, metall va suyuklik oqimi chegarasida ro’y beradi. O’tkazuvchanlikdan hisoblash va o’lchash texnikasida hamda boshqa qurilmalarda foydalaniladi.