Otomi

Otomi (Oton xudosi ajdodlari nomidan olingan; naua tilida “nayza bilan yuruvchilar”; o’zlarini Nion, NIU deb atashadi) — Meksikaning Markaziy tumanlarida yashovchi indeys xalqi; asosan, tog’li, yarim quruqlikdagi hududlarda asteklar va metislar bilan tarqoq holda yashashadi. Otomi tilida so’zlashadilar. Dindorlari katoliklar, protestantlar, an’anaviy diniy e’tiqodlar saklangan.