Ottava
Ottava — Kanadaning Janubiy- Sharqiy qismidagi Daryo. Shimoliy Lavrentiy daryosining chap irmog’i. Uzunligi 1120 kilometr, havzasining maydoni 147 ming km2. Lavrentiy qirlaridan boshlanadi. O’rtacha suv sarfi 2000 m3/sek. Dek.dan aprelgacha muzlaydi. Quyilish joyidan 400 kilometr masofada kema qatnaydi. Rido kanali orqali Ontario ko’li bilan bog’langan. Yog’och oqiziladi. GES qurilgan. Ottava bo’yida Ottava shahri joylashgan.