Oxarun
Oxarun — ilk o’rta asrlarda Chag’oniyonning shimolda joylashgan viloyat (6-10-asrlar). Oxarun hokimi qo’shni Shuman shohiga tobe bo’lgani tufayli tarixiy manbalarda bu viloyatlar qo’shma holda uchraydi. Xitoy sayyohi Syuan Szanning xotiralarida xorumo deb atalgan. Oxarun hokimi Xi-Su urug’iga mansub turk bo’lgan. 7-asrda bu yerda 2 budda ibodatxonasi va 100 ga yaqin rohib bor edi. Xitoy tarixiy yilnomasi “tan shu” (“tan sulolasining tarixi”)da Oxarun Xu-Lu-yen shaklida qayd etilgan. Unga ko’ra, Xitoy ma’murlari tomonidan 658-659 yillarda G’arbiy Turk xokrnligi erlarida o’tkazilgan ma’muriy islohotdan so’ng Xu-Lu-yen mulki Shuman bilan birlashib yagona gubernatorlikni tashkil etgan. Tabariyga ko’ra, 700 yil Arab sarkardasi Muxallab ibn Abu Sufra Kesh qamalini bo’shatib shoshilinch ravishda qo’shini bilan Oxarunga kelgan. 705 yil Oxarun va Shuman shohi G’ushtasbon kuchayib, Chag’oniyon viloyatiga hujum qilgan, Chag’oniyon shohi tish arablar bilan ittifoq tuzgan. 722-723 yillarda Oxarun va Shuman shohi G’uram arablar tomonidan turib Devashti qo’zg’olonini bostirishda qatnashgan. G’uram 700 yilda arablar tomoniga o’tgan “Oxarun hokimi” bo’lib, shu tufayli Shuman shohi G’ushtasbon uni ta’qib etgan. G’ushtasbon 709/710 yilda o’ldirilgan. Shundan sung G’uram Oxarun va Shuman shohi bo’lgan. 9-asrning 1-yarmida Oxarun Toxaristonning alohida okrugi bo’lgan. 826-827 yillarda undan 32 ming dirham miqdorda xiroj olingan. Oxarun poytaxti Hamavaron shahri bo’lgan. 10-asrda Somoniylar davrida Oxarun tanazzulga uchragan. 10— 12-asrlarda Oxarun nomi manbalarda uchramaydi. Ad.: Kamal idd i Nov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachalo XIII vv., T., 1996. Sayfullo Tursunov.