O’ZGARGAN LANDSHAFT

O’ZGARGAN LANDSHAFT — tabiiy ta’sirlar yoki inson faoliyati ta’sirida dastlabki holati o’zgargan landshaftlar. Tabiiy landshaftlar o’z-o’zidan sekin- astalik bilan o’zgarib boradi. Insonning xo’jalik ta’sirida esa landshaft, ayniqsa, o’simlik, hayvonot dunyosi, yer osti va yer usti boyliklari tez o’zgaradi. Aslida landshaft butkul o’zgarmaydi, masalan, tog’ jinslari, iqlim, relefning yirik shakllari o’zgarmay qoladi. O’zgargan landshaftga vohalar misol bo’ladi.