Palak

Palak (miloddan avvalgi 2-asrning 2-yarmi) — skiflar podshosi, shoh Skilurnint o’g’li. Palak Xersonesga qarshi harakat qilgan skiflar qo’shiniga rahbarlik qilgan. Skiflar Mitridat VI tomonidan xersonesga yordamga yuborilgan Diofant qo’mondonligi ostidagi Pont armiyasidan mag’lubiyatga uchragan. Palak oradan bir oz vaqt o’tgach, roksolanlar yordamida ikkinchi bor yurish qilgan, lekin, bu gal ham skiflar Pontdan qayta yordamga kelgan ko’shinlardan yengilganlar. Skiflar Podshohligi Mitridat VI ga qaramligini tan olgan.