Palanga
Palanga (1917 yilgacha rasmiy nomi Palangen) — Litvadagi shahar. Dengiz sohilidagi iqlimiy-balneologik kurort. Boltiq dengizi bo’yida, Klaypeda shahridan 25 kilometr shimolda, Klaypeda — Shyaulyay yo’nalishidagi Kretinga temir yo’l stantsiyasidan 12 kilometr masofada joylashgan. Aholisi 18 ming kishi (2001). Yozi mo’tadil iliq (iyulning o’rtacha temperaturasi 17° chamasida), qishi yumshoq (yanvarning o’rtacha temperaturasi — 3°), yiliga 640 mm yog’in tushadi. Kahraboga ishlov beruvchi korxonalar bor. Sanatoriy, suv-balchiq b-n davolash shifoxonasi, dam olish uylari va Pansi- onatlar ishlab turibdi. Kahrabo muzeyi (19 – a. saroyida) faoliyat ko’rsatadi. P. 1161 y.dan ma’lum.