Palatin

Palatin (Mons Palatinus yoki Palatium) — Qadimgi Rim bunyod etilgan tepaliklardan biri. 2 cho’qqisi bor — Palatin va Germal. Temir davri boshidan bu erda odamlar yashagan; “kvadrat Rim” deb atalmish devor (miloddan avvalgi 8-asr) xarobalari saqlangan; u rivoyatga ko’ra, Romul tomonidan qurilgan. Palatinda Yupiter Viktor (miloddan avvalgi 295 yil qurilgan), Yupiter Stator (miloddan avvalgi 294), Viktoriya (miloddan avvalgi 294) ibodatxonalari va boshqalar, shuningdek, respublika davrida — badavlat Patritsiylar uylari saqlangan. Imperatorlar davrida Palatin imperatorlar saroylarining ulkan ansambliga aylangan (“Palasiy Avgust”, Tiberiy, Flaviylar va septimiy Sever saroylari). O’rta asrlarda Palatin tosh koni bo’lib xizmat qilgan. Palatindagi muntazam qazishma ishlari 19-asr oxiridan boshlangan.