Paleomagnetizm
Paleomagnetizm (Paleo … va magnetizm) — tog’jinslari o’zining shakllanish davrida er magnit maydoni ta’sirida magnitlanish xususiyati va bu magnitlanish (qoldiq magnitlanish) ning keyingi davrlarda saqlanishi. Magnitlanishning ko’lami va yo’nalishi er yuzasining mazkur nuqtasida jins- ning hosil bo’lgan vaqtidagi, ya’ni mil- Lion yillar avvalgi magnit maydoni- ga muvofiq bo’ladi. P. tog jinslarida saqlanib qolgan magnitlanganlikni tadqiq etish orqali geomagnit maydoni (q. Er magnetizmi) tadrijini o’rganishga imkon beradi. Har bir jinsda ma’lum mikdorda ferro – yoki ferromagnit mi- nerallar (magnetit, titanomagnetit, gematit, ilmenit, maggemit, pirotin va b.) donachalari bo’ladi. Tog’jinslari shakllanish sharoitiga qarab intensiv- lik va barqarorlik (magnitsizlantiruv- chi ta’sirlarga chidamliligi) jihatdan turlicha magnitlanadi. P. uchun geomag- nit maydonida Kyuri nuqtasivyan yuqori t-Rada tog’jinslari sovitilayotganda hosil bo’ladigan qoldiq termomagnitla- nish (TRM) ahamiyatlidir. TRM, asosan, LAVA, intruziyalar soviyotganda vujud- ga kelib, otqindi jinslarga xosdir. Kimyoviy magnitlanish (CRM) magnit maydonda ferromagnit zarralarining ko’payishidan hosil bo’ladi. Yopishqoq qoldiq (VRM) magnitlanish jinsga magnit maydonining uzoq vaqt ta’siri natijasida (termoaktivasion va dif- fuzion jara-yonlar hisobiga) yuzaga keladi. Orientasion qoldiq magnitla- nish (DRM) cho’kindi jinslarda hosil bo’ladi. Bunda TRM va CRM ga ega bo’lgan yuvilgan kristall jinslarning magnit- langan donachalari suv havzalari va da- ryolar tubida cho’kib, magnit maydonida kompas strelkasi kabi orientirlanadi. Keyin zarrachalar cho’kin-Di qotayotganda unga tsementlanib yopishadi va o’zining orientasiyasini saqlab qoladi, bu jins- ning qoldiq mag-nitlanishini belgi- laydi. Cho’kindi jinslarda CRM shak- llanish davrida, shuningdek, keyinroq hosil bo’lishi mumkin. Otqindi jin- slarda esa CRM hamma vaqt ikkilamchi- dir, ya’ni key-inchalik vujudga keladi. VRM xdmisha ikkilamchi, binobarin u aniqyoshga ega emas. Shunday qilib, TRM va DRM jinsning shakllanish jarayoni b-n bog’liq. Agar jinsning yoshi ma’lum bo’lsa (q. Geoxronologiya), magnitlanish vujudga kelgan vaqt ham aniq bo’ladi — bu geomagnit maydonining vaqt ichida o’zgarishiga imkon beradi. Tog’jinsla- rining birlamchi magnitlanganligini o’rganib er magnit maydoni tarixini, ya’ni magnit qutblarining siljib yuri – shini kuzatish mumkin. Muntazam paleomagnit tadqiqotlar turli mamlakatlarda 20-a.ning 50-y.la- ridan olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida keyingi 600 mln. yilda Geo- magnit maydonining kuchlanishi deyarli o’zgarmagan.