Paleontologiya

Paleontologiya (Paleo… va Yunoncha ontos — jonzot va … logiya) — o’tmish geologik davrlarda mavjud bo’lgan, qazilma qoldiqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktosenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. Paleontologiya 2 yirik bo’lim — paleozoologiya va paleobotanikadan iborat. Toshqotgan organizmlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga ma’lum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan organizmlarning qoldiqlari ekanligi haqida hali aniq tasavvur yuzaga kelmagan edi. Tabiatshunoslardan daniyalik N. Steno va ingliz R. Guk o’lib ketgan qayvonlarning turlari haqida dastlabki fiqolarni aytishgan. 18-asr o’rtalari Rossiyada M. V. Lomonosov, Frantsiyada J. Byuffon va Jiro-Sulavi, Buyuk Britaniyada J. Getton va boshqa g’oyalarining rivojlanishi bilan qadimgi davr jonli tabiatidagi uzluksiz o’zgarishlar va o’tmishni bilishning muhimligi haqidagi qarash tarafdorlari tobora ko’paya boshladi. Britaniyalik U. Smit birinchi bo’lib umurtqasiz toshqotgan organizmlar asosida qatlamlarning nisbiy geologik yoshini aniqladi va shu asosda dastlabki geologik xaritani tuzdi (1794). Paleontologiya fan sifatida tarixiy geologiya bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. Har 2 fan asoschisi J. Kyuve hisoblanadi; u kollejda “qazilmalar tarixi” fanidan dars bergan va sut emizuvchilarning qazilma suyaklarini chuqur qiyosiy-anatomik o’rganish natijasida umurtqalilar Paleontologiyasini yaratgan (1808). Keyinroq Fransuz botanigi A. Bronyarning “Qazilma o’simliklar tarixi” nashr etilgach, Paleobotanika vujudga keddi. J. Kyuve va A. Bronyar (1811) geologiyada tosh-qotgan organizmlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirdilar; ularning har ikkisi qazilmalar bilan hozirgi zamon organizmlarini o’zaro bog’lab, halokatlar nazariyasini yoqlab chiqdilar. “Paleontologiya” terminini 1-marta (1822) frantsuz zoologi A. de Blenvil ishlatgan. Dastlabki evolyutsion nazariya asoschisi bo’lgan J. B. Lamark umurtqasizlar Paleontologiyasini yaratgan. 19-asrning 1-yarmida Paleontologiyada turlarning o’zgarmasligi va ularning hayotida ketma-ket keskin o’zgarishlar bo’lib turishi haqidagi g’oya hukmron bo’lgan. Shu bilan birga, bu umumiy qarashlarni shveytsariyalik L. Agassis, angliyalik A. Sejvik va frantsiyalik A. D. Orbinilar rivojlantirdilar. Natijada stratigrafik Paleontologiya shakllandi va 40-yillarning boshida erning umumiy stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi. 19-asrning 60-yillaridan Paleontologiyada yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan evolyusion nazariyaning yaratilishi (Darvinning “turlarning kelib chiqishi” asari, 1859 yil) bilan bog’liq. 19-asrning ko’pgina paleontologlari darvinist bo’lmasalarda, evolyutsionizm g’oyalarini Paleontologiyada tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hoz. evolyutsion Paleontologiyaning chinakam asoschisi sifatida muhim o’rin tutadi. Uning umurtqalilar Paleontologiyasi va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar Paleontologiyasiga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega bo’ldi. Umurtqalilar Paleontologiyasi evolyutsiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Paleontologiya biologiya, tsitologiya, biokimyo, biometriya kabi fanlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, qisman ularning metodlaridan foydalanadi. U qiyosiy anatomiya, hayvonlar va o’simliklar morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu fanlar bir-birini boyitmoqda. Morfologik funktsional analiz va qazilmalarning skeletlari strukturasi morfogenezini o’rganish Paleontologiyani fiziologiya, embriologiya, biomexanika bilan yaqinlashtiradi. Qadimgi organizmlarni qiyosiy-tarixiy o’rganish natijasida Paleontologiya ekologiya, biogeosenologiya, biogeografiya, gidrobiologiya va okeanologiya bilan tobora ko’proq bog’lanmoqda. Yer to’g’risidagi fanlar ichida Paleontologiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Geologiya 18-19-asrlarda stratigrafiyaning vujudga kelishi bilan yer haqidagi tarixiy fanga aylandi. Tabiiy tanlanish nazariyasi, evolyutsion jarayonning tanazzulsiz kechishi haqidagi kontsepsiyasiga tayangan evolyutsion ta’limot Paleontologiyaning stratigrafik geologiyada qo’llanishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Litologik fasial xaritalar tarixiy geol.da katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, ko’mir, neft, gaz, boksit, tuz, fosforit va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topishda ham muhim vositadir. A. D. Arxangelskiy, V. N. Veber, A. P. Karpinskiy va boshqalar O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda dastlabki Paleontologik tadqiqotlar olib borishgan. O’zbekistonda Paleontologiyaning rivojlanishi V. A. Vaxrameev, S. X. Mirkamolova, O. I. Sergunkova, E. A. Repman, K. A. Alimov, Ya. X. Iminov, N. Eshnazarov, R. Abdullayev va boshqa nomlari bilan bog’liq. Ad. L.Davitashvili L. Sh., Istoriya evolyusionnoy paleontologii ot darvina do na-Shix dney, M.—L., 1948; Sikstel T. A., Xudayberdiyev R., O florax proshlogo Sredney Azii, “Paleobotanika Uzbekistana”, t. 1, T., 1968. Xoldor Chiniqulov.