Paleoosiyo tillari
Paleoosiyo tillari, paleosi- bir tillari — genetik jihatdan o’zaro bog’liq bo’lmagan chukcha-Kamchatka tillari (chukcha, Koryak, alyutor, kerek, itelmen), eskimosaleut tillari (eskimos, Aleut), Enisey tillari (ket, sim — jonli til- lar; kott, arin, PUM-pokol, Assan — ulik tillar), yukagir-chuvan tillari (yukagir — jonli, chuvan — ulik) va alohida nivx tilini birlashtiruvchi, shartli belgi- langan til oilasi. Mazkur tillarning mushtarakli- gi, umumiyligi haqidagi faraziya 19-a. o’rtalarida rus olimi L. I. Shrenk to- monidan ilgari surilgan. Bu faraziyaga muvofik,, tegishli sibirlik elatlar Sibir tub aholisining avlodlaridir. Pekin ushbu fikr P.t.ning genetik ka- rindoshligini belgilay olmaydi, shu sababli “P.t.”termini shartli nom si- fatida saqlanib qolgan. P.t.ning tashqi genetik aloqalari, bir qator faraziyalar mavjud bo’lsada, hanuzgacha aniqlanmay qolmoqda. Bu tillarning tipologik tavsifi turli- cha bo’lsa ham, ayrim oilalar o’rtasida struktur-tipologik o’xshashlik belgila- ri kuzatiladi. P.t. agglyutinativtillar- dir: ba’zilarida suffiksal, ba’zilari- da suffiksal-prefiksal agglyutinasiya mavjud. Leksikada turmushdagi nar- sa-buyumlarning nomlari, kasb-hunar, xo’jalik faoliyatini aks ettiruvchi so’zlar ko’p; rus tilidan o’zlashgan so’zlar ham anchagina. P. t. haqidagi ko’plab ma’lumotlar 18-a.da turli olimlar va missionerlar tomonidan to’plangan; bu tillarni il- miy o’rganish 19-a.da rus va garbiy eV- ropalik olimlarning asarlari b-n bosh- langan. Ushbu tadqiqotlar va keyinchalik amerikalik, kanadalik va yaponiyalik olimlarning bu soxadagi izlanishlari nafaqat tilshunoslik uchun, balki evro- siyo va shim. Amerika tarixida kadimdan davom etib kelayotgan murakkab etnoling- vistik jarayonlarni tushuntirishga in- tilayotgan boshqa fanlar uchun ham katta qiziqish uyg’otadi.