Pali

Pali — hind (hind-oriy) tilla- ridan biri; Shri Lanka o.da mavjud bo’lgan buddaviylik qonunlarining tili sifatida Shri Lanka (Tseylon), Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vet- namsa qo’llanadi. Chamasi, qad. o’rta hind laxjasi asosida paydo bo’lib, keyincha- lik Sharqiy laxjaning bir qator xusu- siyatlariga ega bo’lgan P.ning vatani — Hindiston; mil. AV. davrdayoq buddaviy- lik b-n birga Shri Lankaga tarqalgan; mil. 1-ming yillik oxiri va 2-ming yil- lik boshlarida Jan.-Sharqiy Osiyodagi bir qancha mamlakatlarga tarqaladi. P.da ko’plab diniy, falsafiy, ilmiy, badiiy asarlar (jumladan, Jan. buddistlarning muqaddas kitoblari) yaratilgan. Bu til Jan.-Sharqiy Osiyodagi ko’plab tillarga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Bayon usuli- ga kura va xronologik jiqatdan P.ning 4 ko’rinishi mavjud: diniy qonunlarning she’riy qismlari tili (eng qad.); qonunlarning nasriy bayon tili (ma’lum darajada tartib va me’yorga solingan); diniy kitoblarga izoh va tafsirlar tili (yanada soddalashtirilgan); Jan.- Sharqiy Osiyodagi yangi adabiyotlar tili (oldingi davrlarga nisbatan ko’plab tafovutlar. va o’zga tizimdagi tillar- ning ta’siri seziladi). Boshqa o’rta va keyingi davr hind tillaridan muayyan fonetik, leksik-fammatik jihatlari b-n farq qiladi. Ayniqsa, leksika- si o’ta murak-kabligi va, asosan, Di- niy ta’limot g’oyalarini aks ettirishga mo’ljallanganligi b-n ajralib turadi. Brahmi yozuvi asosida shakllangan qad. yozuvga ega.