Paliashvili Zaxariy Petrovich

Paliashvili Zaxariy Petrovich [1871.4(16).8, Kutaisi – 1933.6.10, Tbilisi] — gruzin kompozitori, dirijyor, pedagog, musiqa jamoat arbobi. Gruziya xalq artisti (1925). Gruzin kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Tbilisi musiqa bilim yurti (1895-99) va Moskva konservatoriyasi (1900— 03)da ta’lim olgan. Gruzin filarmoniya jamiyatiga asos solgan (1905). 1919 yildan Tbilisi konservatoriyasi professor, direktori (1919,1923, 1929 — 32). Gruziya xalqlarining jami 300 ga yaqin qo’shiqlarini to’plab, ulardan bir qismini nashr etgan (1910). Kompozitorlik ijodida turli mahalliy (kaxetin, Guriy, Svan va boshqalar) musiqa uslublari negizida yangi umummilliy musiqa tilini ishlab chiqqan. “Abesalom va Eteri” (1910— 18), “Daisi” (1923) operalari bilan gruzin musiqa san’atiga muhim hissa qo’shgan. Paliashvili, shuningdek, “Gruzincha liturgiya”, xor asarlari, romanslar muallifi. Tbilisidagi Gruzin davlat opera va balet teatri, bir necha musiqa o’quv muassasalariga Paliashvili nomi berilgan. 1971 yilda Paliashvili nomidagi Gruziya davlat mukofoti ta’sis etilgan.