Palingenezis, palingenez
Palingenezis, palingenez (Yunoncha palin — qayta, yana va genesis — kelib chiqish, tug’ilish) — yerning chuqur qatlamlaridagi magmatik tog’jinslarining qisman yoki to’la erib magmaga aylanish jarayoni. “Palingenezis” termini fanga finlyandiyalik geolog Ya. Syoderxolm tomonidan kiritilgan (1907 yil). Geotektonik sharoitga qarab Palingenezisga uchragan tog’ jinslarining cho’kish yoki qatlamlarning bir-birining ostiga siljish jarayonlari farq qilinadi. Palingen magmaning Yer yuzi yaqiniga ko’tarilishi orogen intruzivlar va diapir-plutonlar paydo bo’lishiga olib keladi.