Palitra

Palitra (Fransuzcha palette) — 1) rassom ishlash jarayonida bo’yoqlarni aralashtiradigan moslama (Palitrada rassom bo’yoqlarni aralashtirib yaratayotgan asari uchun kerakli rangni hosil qiladi); yog’och, metall, chinni (fayans)dan yupqa qilib to’rtburchak yoki oval shaklida tayyorlanadi; 2) ko’chma ma’noda — rassomningrang tasvir (ranglar tanlash va ishlatish) uslubi hamda alohida rangtasvir asari uchun xos bo’lgan ranglar to’plami.