Panama

Panama — Panama Respublikasi poytaxti. Aholisi 669 ming kishi (1990-yillar oxiri). Ikdimi subekvatorial, sernam iqlim. O’rtacha yillik temperatura 27°. Yillik yog’in 1500-2000 mm. Panama kanaliga tinch okean tomondan kiraverishdagi dengiz porti. Temir yo’l va shosse yo’l orqali Karib dengizi bo’yidagi Kolon porti bilan bog’langan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shahar 1519 yilda indeyslarning Panama qishlog’i yonida ispanlar tomonidan bunyod etilgan. 1903 yildan mamlakat poytaxti. Panama iqtisodiyoti kanaldagi kema qatnoviga xizmat ko’rsatish va port faoliyati bilan uzviy bog’liq. To’qimachilik, oziq-ovqat, ko’n-poyabzal, mebel, tsement sanoati korxonalari mavjud. Esdalik buyumlari ishlab chiqariladi. Panama universiteti, Panama akademiyasi va boshqa akademiyalar, muzeylar, opera va drama teatrlari, konservatoriya va boshqalar bor. 17-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.