Panama bo’yni
Panama bo’yni – Markaziy Amerikaning Panamadagi eng tor qismi, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika materiklarini bir-biri bilan birlashtirib turadi. Atlantika okeanining Karib dengizi va tinch okeanning Panama qo’ltig’i o’rab turadi. Eng keng joyining eni 48 kilometr. Sertepa tekislik bo’lib, eng baland joyi 180 metr, suvay-irg’ichning eng past joyi 87 metr. Tropik o’rmonlar va savannalar bor. Panama bo’yni orqali Panama kanali qazilgan.