Panchatantra

Panchatantra (sanskritcha “besh ki-tob”) — sanskrit yozma adabiyoti yod- gorligi. 3-4-a.larda yaratilgan. Nisba- tan so’nggi variantlari saqlanib qolgan. Donishmand Vishnusharman podshohning johil o’g’illarini tarbiyalash uchun yaratgan, deb hisoblanadi. P. Hayvonlar haqidagi masal va hikoyatlardan iborat 5 kitobni o’z ichiga olgan, har bir kitob hikoya ichida hikoya usulida tu-zilgan. Asarda hayvonlar obrazida inson qiyofalari namoyon bo’ladi. P. da hind jamiyati hayoti istiora yo’li b-n tasvir- lanadi, nohaqlik fosh etiladi, inso- niylik, yaxshi xulqlar targ’ib qilinadi. Asar diniy tusdan xoli va shunisi b-n boshqa qad. hind yodgorliklaridan farq qiladi. P. keng tarqalgan bo’lib, jahon ada- biyoti rivojiga katta ta’sir kursatgan. 6-a. o’rtalarida pahlaviy, undan Arab tiliga tarjima qilingan; Arab tiliga qilingan tarjimasi “Kalila va Dimna” nomi b-n Shuhrat topgan. U 12-a.da fors tiliga, 13-a.da esa o’zbekchaga o’girilgan. P. ning 60 dan ziyod tilda 200 dan ortiq tarjimalari ma’lum. Nashrlar: Panchatantra, Per. s san- skrita i prim. A.Ya. Sirkina, M, 1958; Panchatantra (I.G’afurov tarjimasi), T., 1993.