Panjara

Panjara — me’moriy bo’lak; ka- taksimon to’qima shakl, to’siq. Binolar- ning eshik, darcha, tuynuk, zinapoyala- rida, ayvonlarda to’siq va ayni paytda bezak vazifasini o’taydi. Turar joy, bog’larda, ko’chalarda, uy-ro’zg’or buyum- larida, amaliy san’at va hunarmandlik buyumlarida ham bezak sifatida foyda- laniladi. P. yog’och taxtachalarni, g’ishtni qalab, ganch va metallni quyib va o’yib, toshni qalab va o’yib o’simliksimon, handasiy shakl hosil qilib tayyorla- nadi. Sodda va murakkab turlari bor. P. tayyorlash usuli P.ning xom ashyosi- ga, vazifasiga, o’rni, ustaning malaka- si va mahoratiga bog’liq. P.ning keng Tap-kalgan turi yog’och P. uchun oldin rom tayyorlanib, chizma bo’yicha hozirlangan taxtachalar uning ichiga qalab-yig’ib chiqiladi (yog’och bo’laklarining porsi qilingan, tish chiqarilgan joylari bir- biriga bolg’acha b-n urib jipslashtiri- ladi). Bu ustadan ko’p mehnat, ma-horat, aniqlik talab qiladi. Taxtani Parma va iskana b-n o’yib ham P. tayyorlanadi. Ganch P. ganchning eng yaxshi navidan qolipga quyib yoki tayyor ganch taxtani o’yib hosil qilinadi, so’ng pardozlanadi. Shakli oldin ganchdan yoki g’ishtdan qalab tay- yorlanib, ustiga koshin qoplangan P. ham bor. Metall P.lar kamdan-kam bo’lib, quyib yoki mis taxtani o’yib tayyorlan- gan (hozir ko’pincha cho’yandan quyilib tayyorlanmoqda). Zamonaviy me’morlik- da metall va beton P.lar keng qo’llanadi. Arxeologik materiallar P. san’ati qadimdan mavjudligini, ayniqsa, Sharq mamlakatlarida keng tarqalganligini ko’rsatadi. Tuproqqal’a (3-a.) saroyla- rida ham xom g’ishtni qalab, Varaxsha (8-a.) binolarida ganchni o’yib ishlangan P. qoldiqlari bor, Ismoil Somoniy maqbarasida pishiq g’ishtni qalab P. hosil qilingan. Te-muriylar davrida jozibador ishlangan P. namunalari yara- tilgan shohi-Zinda majmuasi (14-a.)da mahorat b-n ishlangan yog’och P. va b. me’- moriy yodgorliklarda marmardan ishlan- gan P. namunalari saqlangan. Mir Arab, Abdullaxon (16-a. Bu- xoro), Sherdor (17-a., Samarqand) mad- rasalarida rangli koshinlardan mozaika P.larining ajoyib namunalari, Sito- Rai Mohi Xosa majmui (1913-14), Xi- vadagi Toshhovli, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmui, Toshkentdagi Navo- iy teatri, O’zbekiston tarixi muzeyi, Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, “ko’k gumbaz” kafe va choyxonasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “O’zbekiston” mehmonxonasi va b. binolarda P.ning jozibador namunalarini ko’rish mum- kin.